Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Achchiq Ramazonni boshdan kechirmoqdamiz» — Erdo‘g‘on

«Achchiq Ramazonni boshdan kechirmoqdamiz» — Erdo‘g‘on

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

«G‘azo sektoridagi qirg‘inlar tufayli achchiq Ramazonni boshdan kechirmoqdamiz. Turkiya G‘azodagi birodarlari va opa-singillari yonida bo‘lib, ularga hamdard ekanini ko‘rsatmoqda», — dedi u.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari mamlakat harbiy-sanoat kompleksi muvaffaqiyatlarini qayd etdi.

«Biz uchuvchisiz uchish texnologiyasi bo‘yicha dunyoning yetakchi uch davlatidan birimiz. Milliy qiruvchi KAAN tufayli biz dunyoning beshinchi avlod samolyotlarini ishlab chiqara oladigan to‘rt davlatdan biriga aylandik», — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti KAAN 21 fevral kuni ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Yangi avlod qurollarining integratsiyasi tufayli KAAN tovushdan yuqori tezlikda aniq zarbalarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Sun’iy intellekt tizimlari va neyron tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash esa samolyotni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring