Rossiya dengiz floti bosh qo‘mondonini almashtirdi

Rossiya Qahramoni, admiral Aleksandr Moiseyev Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Fontanka» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, u bu lavozimda admiral Nikolay Yevmenovni almashtirgan.
Moiseyevning tayinlanishi haqidagi ma’lumotlar allaqachon Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonligi shaxsiy tarkibiga yetkazilgan.
Mudofaa vazirligi va Shimoliy flot bosh qo‘mondon o‘zgarishi bo‘yicha rasmiy izoh bermadi. Mudofaa vazirligi veb-saytida Nikolay Yevmenov hali ham ushbu lavozimda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter