Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adolf Gitler nimadan norozi?

Adolf Gitler nimadan norozi?

Foto: «Namibian»

Namibiya parlamentiga saylangan siyosatchi Adolf Gitler Uunona Uchinchi reyx fyureri Adolf Gitlerga o‘xshashligini inkor etdi — u fashistlar yetakchisiga o‘xshamasligini, ammo endi ismini o‘zgartirolmasligini aytdi. «Namibian» gazetasi u bilan suhbatlashdi.

«Bu ismni otam menga go‘dakligimda qo‘ygan, uni o‘zim tanlamaganman. Otam meni Adolf Gitler deb nomlagan, ammo bu mening fe’l-atvorim yoki boshqa jihatlarim germaniyalik Adolf Gitlerga o‘xshashligimni anglatmaydi», — dedi 54 yoshli siyosatchi intervyu berarkan. U endi ismini o‘zgartira olmasligini aytgan.

Gitlerning aytishicha, adashidan farqli o‘laroq, shafqatsizlik qilmoqchi emas. U Gitler «qarama-qarshi shaxs bo‘lganligini, butun dunyodagi odamlarni qamoqqa tashlab, o‘ldirganligini» bilishini, ammo u, Uunona, umuman bunday emasligini ta’kidladi. Buni SWAPO partiyasidagi safdoshlari ham tasdiqladilar: ular Gitler mehribon va mehnatsevar odam ekanligini aytishdi.

Siyosatchi o‘tgan saylovlarda 1196 ovoz olgan bo‘lsa, raqibi uchun 213 ovoz berilgan. G‘alaba unga mintaqaviy kengashdan joy olib berdi. Uning SWAPO partiyasi butun mamlakat bo‘ylab 57 foiz ovoz to‘pladi. Bu 2015-yilgi mintaqaviy saylovlarda to‘plangan 83 foiz ovozdan ancha past.

Bir vaqtlar Germaniyaning Janubiy-G‘arbiy Afrikasi nomi bilan tanilgan Namibiya 1884-yildan boshlab imperiya Birinchi jahon urushidan keyin o‘z hukmronligini yo‘qotguniga qadar Germaniyaning mustamlakasi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring