Afg‘on aviakompaniyasi samolyot halokati bo‘yicha xabarlarni rad etdi

Afg‘onistonning «Ariana Afghan Airlines» aviakompaniyasi Gazni provinsiyasida bortida 83 kishi bo‘lgan samolyot qulaganini rad etdi. Bu haqda avikompaniyaning Facebookdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
«OAVda halokat bo‘yicha tarqalgan xabarlar yolg‘on. Hamma samolyotlar shtat rejimida harakat qilmoqda», — deyiladi xabarda.
«Flightradar» portali xabariga ko‘ra, samolyot Kobulga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
«Ariana Afghan Airlines» 1955-yilda asos solingan va Afg‘oniston hukumatiga qarashli avikompaniya hisoblanadi. U orqali Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston kabi davlatlarga uchish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter