Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston oliy rahbarini hibsga olishga order berildi

Afg‘oniston oliy rahbarini hibsga olishga order berildi

XJS yana davlat rahbarini hibsga olishga order berdi

Xalqaro jinoiy sud Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afg‘oniston Oliy sudi raisi Abdul Hakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. 

 Tergov palatasi Tolibon Afg‘onistonda davlat siyosatini olib borgani, natijada tinch aholining asosiy huquq va erkinliklari buzilgani, jumladan, o‘ldirish, qamoqqa olish, qiynoqlar, zo‘rlash va g‘oyib bo‘lishlar kuzatilganini aniqlagan. Sud toliblarni qizlar va ayollarni ta’lim olish, shaxsiy va oilaviy hayot, shuningdek, harakat erkinligi, fikrlash, vijdon va din erkinligidan ataylab mahrum qilganlikda gumon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil martida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qamashga order bergandi. 2024-yil noyabrida esa Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Ioav Gallantni hibsga olishga ham order taqdim etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring