Afg‘oniston Qozog‘istonga to‘rt tonna pechene eksport qildi

Balxdagi “Alloh Shakur” fabrikasi mahsuloti bo‘lgan pechenelarning birinchi partiyasi bugun, 2022-yil, 28-noyabr, dushanba kuni Hayratan porti orqali Qozog‘istonga eksport qilindi.
Ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari Alloh Shakur Qinoat Baxsh shunday deydi: Ularning birinchi eksport jo‘natmasi to‘rt tonna bo‘lib, barcha turdagi pechenedan iborat.
U hozir ham o‘z mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishga harakat qilishayotganini aytdi.
Ushbu ishlab chiqarish zavodi Mozori Sharif sanoat parklarida joylashgan. U kuniga o‘nlab tonna pechene ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Mazkur ishlab chiqarish korxonasida ayni paytda olti yuz nafar ishchi ikki smenada mehnat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter