Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda saylovlar boshlandi

Afg‘onistonda saylovlar boshlandi

Foto: «RIA Novosti»

Uch yarim yillik kechikish bilan bugun, 20-oktyabr kuni Afg‘onistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tyapti, deya xabar berdi «Sabah.com.tr» sayti.

Bugun erta tongdan 8 million 800 ming nafar saylovchi parlament deputatlarini saylash uchun chiqishdi. Parlament saylovlarida 2558 nafar nomzod bahs olib boryapti.

Mamlakatda saylovlar bo‘lib o‘tayotgan hududlarda «Tolibon» jangarilari xavfidan ehtiyot shart favqulodda xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, aslida Afg‘onistonda saylovlar 2015-yili o‘tkazilishi kerak edi. Biroq turli tahdidlar tufayli saylovlar oradan 3,5 yil vaqt o‘tib, bugun boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring