Afg‘onistonda ayollar huquqlari faoli Freshta Koxistani o‘ldirib ketildi

Afg‘onistonlik xotin-qizlar huquqlari uchun faol kurashgan Freshta Koxistani Kapisa viloyatining Xes-e-Aval tumanidagi Daxno qishlog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda «ToloNews» telekanali xabar berdi.
Freshta bilan birgalikda uning ukasi ham o‘ldirilgan. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi Koxistani o‘limini tasdiqladi.
«Bugun taxminan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30) da mototsiklda bo‘lgan noma’lum jangarilar Kapisa viloyatining Xes-e-Aval tumanida Freshta Koxistanini o‘ldirib ketishdi. Hujum natijasida uning ukasi ham jarohat olgan. Razvedka bo‘linmalari hujumni tekshirishga tushgan», — deya xabar berdi politsiya.
Dekabr oyi boshida Afg‘oniston hukumati inson huquqlari bo‘yicha vazirni ishdan bo‘shatdi va ushbu idora bilan bog‘liq barcha tuzilmalarni tugatdi.
Sobiq vazir Sima Samarning ta’kidlashicha, bo‘limni tarqatib yuborish bo‘yicha u bilan hech kim maslahatlashmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas