Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda maosh olish uchun navbatda turgan davlat xizmatchilari portlatib yuborildi

Afg‘onistonda maosh olish uchun navbatda turgan davlat xizmatchilari portlatib yuborildi

Hujum kecha ertalab soat 08.00 atrofida Kobul bankining Qandahor filialida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida erta tongda sodir etilgan xudkushlik hujumi qurbonlari soni 26 kishiga yetdi.

Viloyatdagi eng yirik shifoxonalardan biri bo‘lgan Mirvays kasalxonasida ishlaydigan shifokordan olingan BBC xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 26 kishidan oshgan, jarohatlanganlar soni esa 50 nafar.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Afg‘oniston matbuotiga ko‘ra, terakt davlat xizmatchilari maosh olish uchun navbatda turgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Tolibon 2021 yil avgust oyida Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritganidan beri mamlakatda xavfsizlik borasida erishilgan yutuqlarga qaramay, vaqti-vaqti bilan halokatli teraktlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring