Afg‘onistonda o‘g‘rilar xalq guvohligida jazolandi
Afg‘onistonning G‘azna viloyatida o‘g‘rilik qilgan olti shaxs omma oldida jazolandi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
O‘g‘rilarni jazolashdan avval «Tolibon» odamlari bozorda ovozkuchaytirgich bilan yurib, savdogarlarga ishni to‘xtatib, jazo ijro etiladigan joyga borishni buyurishgan.
Voqea guvohlaridan biri aytishicha, jazoga tortilganlar ayovsiz qamchilangan. Har bir o‘g‘riga 37 qamchidan urilib, 7 oydan 12 oygacha qamoq jazosi berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter