Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonga ocharchilik xavf solmoqda — BMT

Afg‘onistonga ocharchilik xavf solmoqda — BMT

Foto: «Report.az»

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hukumatni egallaganidan so‘ng mamlakatda yashovchi 14 million kishi ocharchilik xavfi ostida qoldi (Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning jami aholisi 39 million atrofida).

Bu haqda «Reuters» agentligi BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizliga asoslanib xabar berdi.

Bir necha yil davom etgan qurg‘oqchilik, nizolar, COVID-19 keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz oqibatida Afg‘onistonning uchdan bir aholisiga ocharchilik xavf solmoqda, dedi Bizli. U siyosiy yetakchilarni zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi. Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun 2021-yilning sentyabr oyiga qadar kamida 200 million AQSh dollari yig‘ish kerak bo‘ladi.

Aks holda, Bizlining aytishicha, Afg‘onistondagi vaziyat «Yer yuzidagi jahannam»ga aylanadi. Mamlakat aholisi uchun mo‘ljallangan oziq-ovqatlar zaxirasi kelgusi oyda tugaydi, insonparvarlik yordamiga muhtojlar soni ikki baravarga oshadi. Butunjahon oziq-ovqat dasturi rahbari yuqorida keltirilgan mablag‘ni AQSh Qatar bilan hamkorlikda Fors ko‘rfazida joylashgan boshqa arab davlatlaridan yig‘ib berishiga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring