Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari yana almashdi

Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari yana almashdi

Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Zokir Jaloliyning «Tolonews» nashriga bildirishicha, Abdulg‘affor Tiraviy amirlikning O‘zbekistondagi elchisi sifatida tanishtirilgan.

Jaloliyning qo‘shimcha qilishicha, bu borada ikki tomon ham kelishib olgan va yangi tayinlangan elchi tez orada Toshkentda o‘z vazifasini boshlashi kutilmoqda.

U, shuningdek, ayrim davlatlar bilan diplomatik munosabatlar darajasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vazirligining uchinchi siyosiy departamenti direktori:

«O‘tgan uch yil ichida Islom Amirligi o‘zini barqaror va kuchli davlat sifatida isbotladi va kun sayin mintaqa va dunyo hamjamiyati bu haqiqatni anglab yetmoqda. Yaqin kelajakda Abdulg‘affor Tiraviy ham Islom Amirligining Toshkentdagi elchisi sifatida ish boshlaydi», – deydi Jaloliy.

Tiroviy afg‘onistonlik o‘zbeklardan bo‘lib, bunga qadar Afg‘oniston Oliy sudida tadqiqot bo‘limi direktori lavozimida ishlagan.

U O‘zbekistondagi elchi lavozimida Abdul G‘affor Baxr o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdul G‘affor Baxr joriy yilning aprelida Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbar etib tayinlangan edi. 

O‘z vaqtida, Abdul G‘affor Baxr ham ushbu lavozimda 3 oy ham ishlamagan «Tolibon» kon va neft vaziri Shahobiddin Delaverning o‘g‘li Mag‘furulloh Shahobning o‘rnini egallagan edi.  Mag‘furulloh Shahob aynan hukumatdagi qarindoshlik rishtalari sabab ishdan olingan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring