Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada Ebola virusi «uyg‘ondi»

Afrikada Ebola virusi «uyg‘ondi»

Foto: «AP Photo»

Afrikada Ebola virusi «uyg‘ondi» — «Merck» farmatsevtika kompaniyasi Janubiy Sudanga Ebola virusiga qarshi 2 mingdan ziyod vaksinalar yetkazib berdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu yerda qo‘shni mamlakat — Kongo Respublikasidan o‘ta xavfli Ebola epidemiyasi tarqay boshlagani munosabati bilan avvalo tibbiyot xodimlarining o‘zlari emlanmoqda. Janubiy Sudan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotida hafta davomida Ebolani yuqtirganlar soni 682 kishiga yetgani, yana 54 holat Kongoda qayd etilgani aytiladi.

Virus o‘ta xavfli — 405 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyatni kuzatib turibdi, zarurat tug‘ilsa Ebola virusiga qarshi qo‘shimcha vaksinalar virus tarqagan hududlarga yuboriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring