Aktyor Rishi Kapur vafot etdi

Hindistonlik aktyor Rishi Kapur vafot etdi. Bu haqda «DNA India» nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor 30-aprel kuni og‘ir kasallik tufayli shifoxonalardan birida olamdan o‘tgan.
Rishi Kapur mashhur Raj Kapurning o‘rtancha o‘g‘li bo‘lib, 1952-yil 4- aprel kuni Mumbayda tug‘ilgan.
«Bobbi», «Amar, Akbar va Antoni», «Mening ismim masxaraboz» va boshqa qator filmlarda rollar ijro etgan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter