Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev Qorabog‘dagi jangni to‘xtatish shartini aytdi

Aliyev Qorabog‘dagi jangni to‘xtatish shartini aytdi

Foto: «Newsfactory.su»

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev agar Yerevan qo‘shinni olib chiqish shartini bajarsa, Qorabog‘dagi janglar to‘xtashini e’lon qildi.

Aliyev chorshanba kuni Bakudagi markaziy klinik gospitalida Qorabog‘dagi harbiy harakatlar paytida yaralangan harbiy xizmatchi bilan ko‘rishdi.

«Bizda yo‘qotishlar yo‘q. Ammo bu to‘g‘ri emas. Xalqaro huquq biz tomonda... Bitta shartimiz bor — Armaniston qurolli kuchlarini bosib olingan hududlardan so‘zsiz olib chiqish. Agar arman hukumati bu shartni bajarsa, janglar to‘xtaydi, tinchlik o‘rnatiladi», — dedi Aliyev.

«Biz tarixiy adolatni tiklaymiz. Qorabog‘ azaldan Ozarbayjonning hududi hisoblangan. Tarixga nazar tashlash kifoya... Biz hududiy yaxlitligimizni tiklamoqchimiz, shunday qilyapmiz va qilamiz ham», — deya ta’kidladi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «arman xalqi tinch-totuv yashashni xohlasa, o‘zlarining rahbariyatini javobgarlikka tortishi kerak».

«Ishonchim komilki, arman xalqi mening so‘zlarimni to‘g‘ri tushunadi, to‘g‘ri qabul qiladi. Bizning arman xalqi bilan ishimiz yo‘q, Ozarbayjon — ko‘p millatli diyor, bu yerda ko‘pgina xalqlar tinch va farovon hayot kechirmoqda. Arman xalqi ham shular jumlasidan. Ozarbayjon hududida minglab armanlar istiqomat qiladi, hech kim ularga yomon so‘z aytmaydi, ular — bizning fuqarolarimiz», — deya ta’kidladi Aliyev.

Ozarbayjon prezidenti, shuningdek, bugun Qorabog‘da shiddatli janglar ketayotganini qo‘shib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring