Alisher Usmonov haqidagi maqolalar tahrirlandi
Germaniyaning yetakchi OAVlari milliarder Alisher Usmonov haqidagi maqolalarini yana bir bor tahrirlashga majbur bo‘ldi, deb yozmoqda Berliner Zeitung nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Bavariyadagi bir nechta uyda keng ko‘lamli tintuvlar o‘tkazilgan edi. Nemis matbuoti ularni 2022-yil fevralidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolayotgan Alisher Usmonov bilan bog‘lagan.
Xususan, Germaniyaning eng yirik DPA axborot agentligi o‘z hisobotida tintuv qilingan «Tegernseye ko‘li bo‘yidagi uy»ning egasi Alisher Usmonov ekanligini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Usmonov Germaniyada pul yuvish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzishda ayblanmoqda. Biroq, Berliner Zeitung nashrining yozishicha, nemis rasmiylarining bu da’volari bo‘yicha jamoatchilikka hali hech qanday dalil taqdim etilmagan.
Tadbirkorning o‘zi Germaniyadagi ko‘chmas mulk egasi emasligini ta’kidlab, barcha ayblovlarni darhol rad etdi. U yuqorida tilga olingan ob’yektlardan ijara asosida foydalangan.
O‘tgan hafta Alisher Usmonovning yuristlari DPA va uning maqolasini qayta chop etgan boshqa OAVlarni o‘z maqolalarini tuzatishga majbur qilishga muvaffaq bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
DPA va undan keyin bir necha o‘nlab nemis nashrlari o‘zlarining sentyabr oyidagi materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi. Usmonov haqidagi maqolalar olib tashlanganini Germaniyaning eng yirik internet-resurslaridan biri bo‘lgan web.de va Funke media guruhiga tegishli Westfalenpost gazetasi ham xabar qilgan.
Usmonovning advokatlari, shuningdek, Myunxen prokuraturasining veb-saytidan Alisher Usmonovga oid ayblovlar aks etgan press-relizning olib tashlanishiga ham muvaffaq bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter