Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov nechanchi? Rossiyalik milliarderlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Alisher Usmonov nechanchi? Rossiyalik milliarderlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Mordashov, Lisin va Usmonov.

Foto: «Abireg»

«Forbes» jurnali 2022-yildagi eng boy rossiyalik tadbirkorlar reytingini e’lon qildi.

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari va G‘arb davlatlari qo‘llagan sanksiyalar oqibatida rossiyalik milliarderlarning yalpi boyligi yillik kesimda 42 foizga, ya’ni 353 mlrd AQSh dollarigacha qisqardi, milliarderlarning soni o‘tgan yilgi 123 nafardan hozir 88 nafarga tushdi, qayd etdi nashr.

Vladimir Lisin.
Foto: RBK

Rossiyada bugungi eng boy tadbirkor — NLMK (Novolipetsk metallurgiya kombinati) egalaridan biri Vladimir Lisin hisoblanadi — $18,4 mlrd.

Lisin Yevropa ittifoqi va AQSh sanksiyalariga tushib bir yilda $15,9 mlrd yo‘qotgan Aleksey Mordashovning o‘rniga birinchi pog‘onaga ko‘tarildi, Mordashov ($13,2 mlrd) endi rus boylari orasida — beshinchi.

Rossiyaning «birinchi raqamli» boyiga aylangan Lisin «Forbes» global reytingida — 87-o‘rinda.

Ikkinchi o‘rinda — «Nornikel» prezidenti Vladimir Potanin ($17,3 mlrd).

Ushbu reytingda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan «Telegram» asoschisi Pavel Durov — top-10dagi sanoat sohasidan chiqmagan yagona tadbirkor ($15,1 mlrd).

«Novatek» egalaridan biri Leonid Mixelson ($14 mlrd) — to‘rtinchi,  hali aytilganidek, «sobiq chempion» Mordashov oilasi («Severstal», Nordgold, TUI, «Lenta», «Silovie mashini») bilan — beshinchi, «LetterOne Holdings» guruhining asosiy xo‘jayini Mixail Fridman ($11,8 mlrd) — oltinchi o‘rinda.

Alisher Usmonov.
Foto: RBK

USM asosiy aksiyadori Alisher Usmonov ($11,5 mlrd) — yettinchi, Gennadiy Timchenko ($11,3 mlrd) — sakkizinchi o‘rinda. «SUEK» va «YevroXim» aksiyalariga ega Andrey Melnichenko ($11,1 mlrd) — to‘qqizinchi, yetakchi o‘nlikni $10,5 mlrd bilan Vagit Alekperov (LUKOYL) yakunlab bergan.

Darvoqe, bugun Vagit Alekperov LUKOYL direktorlar kengashi a’zoligidan chiqishi va kompaniya prezidentligidan iste’fo berishi haqida direktorlar kengashi raisini xabardor qildi.

Vagit Alikperov.
Foto: Getty Images
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring