Almazbek Atambayev sirtdan 11,5 yil qamoqqa hukm etildi

Qirg‘iziston sudi respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulki musodara qilingan holda sirtdan 11,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
U birdaniga bitta protsessga birlashtirilgan uchta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topildi.
Atambayev 2019-yilda Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan noqonuniy boyitish, yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish va ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblangan.
Shuningdek, sudya Aziret Mederov Atambayev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiyevga davlatga 5,4 milliard som to‘lash majburiyatini yukladi. Shodiyevning o‘zi mol-mulki musodara qilingan holda 15,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u uch yil davomida davlat lavozimlarida ishlay olmaydi.
Yana bir qator ayblanuvchilarga ham qamoq jazosi berildi: Farid Niyozov va Ravshan Jeenbekov - 7 yilu 8 oyga qamaldi. Sobiq prezidentning qo‘riqchisi Qanat Sag‘imboyev 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, biroq u 5 yillik sinov muddati bilan jazodan ozod etildi.
Sud hukmi bilan ayblanuvchilarning bir qismiga nisbatan sinov muddati belgilandi, ayrim sudlanuvchilar da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan jazodan ozod etildi.
Shu tariqa sud Qirg‘izistonda 2019 yil yozida Atambaevni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida hibsga olishga urinishdan keyin boshlangan so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli sud jarayonlaridan biriga nuqta qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter