Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alyaskadagi gazetaga yangi xo‘jayin qidirishmoqda, narxi — 0 dollar...

Alyaskadagi gazetaga yangi xo‘jayin qidirishmoqda, narxi — 0 dollar...

Foto: «Skagway News»

Alyaskadagi «Skagway News» gazetasi o‘ziga yangi xo‘jayin qidirmoqda, deb yozmoqda «The Guardian». Narxi juda soz — 0 dollar. Tekin! Yangi xo‘jayindan ko‘p narsa talab qilinmayapti, o‘z ishining ustasi bo‘lsa va gazetaning porloq kelajagini ta’minlab bersa bas.

Ushbu e’lonni gazetaning hozirgi egasi va ayni paytda jurnalisti Larri Pers berdi. Uning uchun eng munosib nomzod — kichkina shaharchada gazetani eplab chiqara olgan inson.

«Bir narsani qulog‘ingizga quyib oling: mikrofonni basharasiga tutsangiz ko‘plarga ham yoqavermaydi. 550 adadli gazetangiz uchun milliy ahamiyatga ega voqealardan so‘zlab berishlariga ham umid qilmang; ammo ko‘plab mahalliy tadbirlardan chetda qolmaysiz», — deydi Larri Pers gazetada ishlashning «nozik jihatlari»ga to‘xtalarkan.

Yarim mingta tirajli gazetaning sayti (skagwaynews.com) ham bor, chakki emas!

Skagvay shaharchasi. Foto: «The Guardian»

Xullas, Persning nazarida, 1000 kishi yashovchi Skagvay shahriga kelib yashab, ishlashga rozi insongagina gazetani topshirsa bo‘ladi.

«Alyaskada yashab kelgan, shtatimizning past-balandlarini yaxshi biladigan inson yaxshi nomzod. Bu yerlar g‘alati. Printerga yetib olguncha 200 kilometr qor va muzliklarni, tog‘ dovonini bosib o‘tishingiz kerak», — qo‘shimcha qiladi jurnalist.

Darvoqe, Alyaskaga «boruvchilar» diqqatiga: qishda shaharchada hammayoq yopiladi, oziq-ovqat do‘koni bittagina, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring