Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amalga oshmagan tinchlik: Tramp Putindan ko‘ngli qolganini aytdi

Amalga oshmagan tinchlik: Tramp Putindan ko‘ngli qolganini aytdi

Putin va Tramp Alyakada. 2025 yil, avgust.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan juda ko‘ngli qolganini aytdi. Uning so‘zlarini Strana.ua nashri keltirmoqda

"Mening juda hafsalam pir bo‘ldi. Minglab odamlar halok bo‘lmoqda. Bu urush hech qanday ma’noga ega emas. Prezident Putindan juda hafsalamiz pir bo‘ldi", - dedi u radio boshlovchisi Skott Jenningsga bergan intervyusida. 

Amerika rahbari, shuningdek, agar u prezident bo‘lganida Ukrainadagi mojaro boshlanmasligini yana bir bor ta’kidladi. Tramp Jo Baydenga yutqazgan 2020-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarini “soxtalashtirilgan” deb atadi. 

Avvalroq Fox News muxbiri Jeki Geynrix Tramp AQSh Mudofaa vazirligiga nisbatan bayonot bilan chiqishini aytgan edi. U Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levittning ma’lumotlariga asoslanib xabar tarqatgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan avgust oyida Tramp Putin, Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Hatto Putin bilan yuzma-yuz uchrashuv ham tinchlikka olib kelmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring