Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika nefti ortilgan supertanker 6 yildan beri birinchi marta Yevropaga keldi

Amerika nefti ortilgan supertanker 6 yildan beri birinchi marta Yevropaga keldi

Foto: «Vessel Finder»

Taxminan 2 mln barrel (qariyb 273 ming tonna) neft ortilgan «Vessel Solana» supertankeri aprel oyi o‘rtalarida Ispaniyaning Balbao portiga yetib kelgandi, shundan so‘ng ulkan kema Rotterdam va Vilgelmsxafen portlariga yo‘l olgan.

«Bloomberg» agentligi yozishicha, bu AQShdan Yevropaga so‘nggi 6 yilda birinchi marta kelgan neft ortilgan supertanker.

Amerika nefti odatda Yevropaga yuk ko‘taruvchanligi 600 mingdan 1 mln barrelgacha bo‘lgan tankerlarda keltirilardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring