Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi

Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi

«Rokki», «Yirtqich» filmlari yulduzi, mashhur aktyor Karl Uezers vafot etdi.

Aktyor va sobiq professional amerikalik futbolchi Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Deadline uning oilasi bayonotiga tayanib. Qayd etilishicha u «uyqusida tinchgina vafot etgan».

Uezers «Rokki» filmida Silvestr Stallone obraziga qarshi kurashgan Apollo Krid roli bilan mashhur. U, shuningdek, «Yirtqich» filmida Jorj rollarini ijro etgan.

Aktyor professional sportchi bo‘lgan. 1970-1971 yillarda u «Oklend Reyders» safida yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan. U professional futboldan ketganidan keyin aktyorlik faoliyatini boshlagan. Uezers bir nechta filmlarning rejissyori va prodyuseri sifatida ham ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring