Angliya maktablarida telefonlarga to‘liq taqiq qo‘yildi
Maktab direktorlari uchun chiqarilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Angliya maktablarida mobil telefonlar taqiqlanadi, deb xabar bermoqda Gazeta RU Times nashriga tayanib.
Yangi qoidalar, shuningdek, o‘qituvchilarga bolalar ryukzak va sumkalarini tekshirish huquqini beradi, musodara qilingan qurilmalarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun ota-onalarning da’volaridan qonuniy himoya qiladi.
Taqiqni buzgan va telefonni maktabga olib kelgan o‘quvchilar jazo sifatida darsdan keyin qoldiriladi va gadjet noma’lum muddatga musodara qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter