Angliya: o‘qituvchilar maosh oshishini talab qilib ish tashlamoqda
Milliy ta’lim ittifoqining ma’lum qilishicha, butun Angliya bo‘ylab o‘qituvchilarning ish tashlashi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Bungacha rasmiylar ta’lim muassasalari xodimlariga joriy o‘quv yilida 1000 funt sterling to‘lash va kelgusida ish haqini 4,3 foizga oshirishni taklif qilgandi.
Aprel oyida Britaniya milliy ta’lim ittifoqi a’zolari hukumatning yuqorida qayd etilgan takliflarini rad etib, ularni haqoratli deb baholadilar.
Kasaba uyushmasi mamlakatning turli shaharlarida, jumladan Manchester, Birmingem, Uorringtonda piketchilar bilan suratlarni joylashtira boshladi.
Keng ko‘lamli aksiya ishtirokchilari ish haqini oshirish talabi yozilgan bayroq va plakatlar bilan chiqishgan.
Angliyada o‘qituvchilar ish tashlashi ishtirokchilarining taxminiy soni hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter