Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple rossiyaliklarga yangi taqdimotini tomosha qilishni taqiqladi

Apple rossiyaliklarga yangi taqdimotini tomosha qilishni taqiqladi

Apple kompaniyasi rossiyalik foydalanuvchilar uchun bugun, 8-mart kuni kechasi soat 21:00 da bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan taqdimotining translyasiyasini blokladi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Apple kompaniyasining Youtube kanalida videoni Rossiya hududidan ochishga urinilganida «video egasi uni mamlakatingizda ko‘rishni taqiqlagan» degan xabar paydo bo‘lgan.

Taqdimotda kompaniya yangi budjetli Iphone va Ipad Air modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Apple Rossiyada o‘z qurilmalari sotilishini to‘xtatib, servis markazlari ishini cheklagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring