Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh afg‘onlarga qo‘shimcha gumanitar yordam uchun $327 mln ajratdi

AQSh afg‘onlarga qo‘shimcha gumanitar yordam uchun $327 mln ajratdi

AQSh afg‘onlarga qo‘shimcha gumanitar yordam uchun 327 million dollar ajratdi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar moliyaviy ko‘mak, afg‘onlarni uy-joy, oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ta’minlash, qaytgan qochqinlar va ichki ko‘chirilganlarning qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish hamda ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

119 million dollar Davlat departamentining Aholi, qochqinlar va migratsiya byurosiga, qolgan 208 million dollar esa AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ga yo‘naltiriladi.

Shunday qilib, bir yil davomida Afg‘onistondagi Tolibon hukumati Qo‘shma Shtatlar afg‘onlarni, shu jumladan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarda bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,1 milliard dollar ajratdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring