Pentagon koronavirusga qarshi: 200 mingdan ziyod inson kasallandi
AQSh qurolli kuchlarida COVID-19 ga chalingan xizmatchilar soni 200 ming nafardan oshdi.
Shundan 130 ming nafari — harbiy xizmatchilar, 38 ming nafari — fuqarolardan jalb etilgan mutaxassislar, 21 ming nafari — oila a’zolari, 12 ming nafari — pudratchi-kompaniyalar vakillari, deyiladi Pentagon taqdim etgan hisobotda.
Harbiylar orasida eng ko‘p kasallanish quruqlik qo‘shinlarida — 46 ming nafar, ikkinchi o‘rinda flot — 27 ming nafar. Harbiy-havo kuchlarining 23 ming, dengiz piyodalari va milliy gvardiyaning 16 ming nafardan xizmatchisiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.
Qurbonlar — 218 kishi, ularning ko‘pchiligi fuqarolar orasidan — 144 nafar.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda bir sutkada 178 ming nafar yangi bemor aniqlanib, pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari jami soni 24 milliondan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter