Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh arvoh-samolyotlarini Eron yaqiniga joylashtirmoqda

AQSh arvoh-samolyotlarini Eron yaqiniga joylashtirmoqda

B-2 Spirit.

Foto: The Aviationist

AQShning B-2A stels-bombardimonchi samolyotlari guruhi Missuridagi bazadan havoga ko‘tarilib, Diyego-Garsiya oroli tomon yo‘l oldi, deb xabar berdi UK Defence Journal.

Hind okeanidagi ushbu orolda AQShning strategik harbiy bazasi joylashgan.

B-2A Spiritlarga 8 ta KC-135 Stratotankers yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari hamrohlik qilmoqda. Ular Kanzasda bombardimonchilarga qo‘shilgan. Nashr Isroil-Eron nizosi fonida Pentagon harbiy samolyotlarini mintaqaga jo‘natayotganiga e’tibor qaratdi.

Diyego-Garsiya va Eron o‘rtasidagi masofa — taxminan 4 700 km. Stelslar bir yoqilg‘i quyishda 9 000–10 000 kilometrgacha parvoz qiladi.

Diyego-Garsiya va Eron o‘rtasidagi masofa — taxminan 4 700 km.
«Arvoh-samolyot» maksimal tezligi — 1010 km/soat.

Ushbu samolyotlar Eron va Yugoslaviyaga bomba yog‘dirishda qatnashgan.

B-2 Spirit — AQSh arsenalidagi eng qimmat va yuqori texnologiyali samolyotlardan. Lokatorlarga chap bergani uchun ko‘rinmas yoki «arvoh-samolyot» nomini olgan. Oddiy va yadroviy bombalarni, xususan, bunkerlarga qarshi 13 tonnali Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombalarini olib ucha oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring