Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh atom suvosti kemasi Karib dengizida mashq o‘tkazdi

AQSh atom suvosti kemasi Karib dengizida mashq o‘tkazdi

«Virjiniya» suvosti kemasi (AQSh).

Foto: The U.S. National Archives

AQShning atom suvosti kemasi birinchi marta Karib dengizida hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlarda qatnashdi, deb xabar berdi «The Defense Post».

Ushbu o‘quvlarda AQSh va Kolumbiya birgalikda qatnashdi.

Kolumbiya mudofaa vaziri Diyego Molano AQSh bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish va «milliy suverenitet»ni himoyalash maqsadlarida o‘tkazilayotganini aytdi.

Kolumbiya NATOning Lotin Amerikasidagi yagona strategik sherigi hamda AQshning yaqin ittifoqchisi sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring