Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh chegarasida 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir ushlangan

AQSh chegarasida 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir ushlangan

AQShning bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 118 nafar Xitoy fuqarosini qo‘lga olganidan so‘ng mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelishga urinishlarga doir ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.

Fox News’ning mamlakat Chegara-bojxona xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning oktyabridan buyon Janubiy Kaliforniyadagi San-Diyego shahriga 57 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlarning chegarani kesib o‘tishi kuzatilgan. Shundan 30 mingdan ortig‘ini xitoyliklar, 8,9 ming nafarini hindistonliklar, 7,8 ming nafarini turkiyaliklar, 5,6 ming nafarini gvineyaliklar, 4,4 ming nafarini mavritaniyaliklar, 3 ming nafarini vetnamliklar va 2,9 ming nafarini o‘zbekistonliklar tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Oliy sudi Texas hukumatiga yaqinda qabul qilingan eng qattiq immigratsiya qonunlaridan biriga, ya’ni Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat bergani haqida xabar qilingan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring