AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQSh Havo va dengiz operatsiyalari (AMO) chorshanba kuni Viekes oroliga kirishga uringan to‘rt nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.
Xabarda aytilishicha, 7-may kuni Faxardo dengiz bo‘linmasi orolga kirishga uringan 7 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiqni to‘xtatib tekshirgan. Yo‘lovchilardan uch nafari AQSh fuqarolari bo‘lib, qolgan to‘rt nafar – uch erkak va bir ayol O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Ularning AQShga kirish yoki bo‘lish uchun ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kema AQSh Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan yo‘lga chiqqan.
Ramey sektori chegara xizmati xodimlari to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini immigratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish va olib chiqish uchun qamoqqa olgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq AQSh hukumati deport qilgan o‘zbekistonliklarning Vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter