Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat qarzi 36 trln dollarga yetdi — yangi rekord

AQSh davlat qarzi 36 trln dollarga yetdi — yangi rekord

Illyustrativ foto

US Debt Clock servisi ma’lumotiga ko‘ra, 15-noyabr soat 19:00 da (bizning vaqt) AQSh davlat qarzi miqdori rekord — 36 trln dollarga yetdi.

Mamlakat Kongressi vakillar palatasining budjet qo‘mitasi ma’lumotlari esa yangilanmagan, u yerda hamon 35,95 trln raqami turibdi.

AQShning davlat qarzi 2024-yil boshida 34 trln, iyul yakunida 35 trln dollardan oshgan edi.

AQSh Kongressining budjet boshqarmasi prognoziga ko‘ra, 2034-yilga borib mamlakatning davlat qarzi 50 trln dollardan oshadi yoki AQSh yalpi ichki mahsulotining 122 foizidan ko‘proqni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring