Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Isroilning rejasini chippakka chiqardi

AQSh Isroilning rejasini chippakka chiqardi

Foto: Tsargrad.tv

Isroil may oyida Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishni mo‘ljallagandi, biroq prezident Tramp uni qo‘llash o‘rniga, Tehron bilan muzokaralarga ustunlik berdi, deb yozdi The New York Times.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bu masalada AQSh qo‘llashiga isroilliklarning ishonchi komil edi. Chunki Isroil ishlab chiqqan Eronning yadroviy obyektlariga qarshi zarba rejalarining deyarli barchasi AQSh tomonidan yordamni ko‘zda tutardi. Amerikaliklar hujumda ham, Eron javob zarbasi  qaytarganida ham ko‘makka kelishini kutishgandi.

Biroq Vashingtonda Benyamin Netanyahu bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Tramp masalaga katta nuqta qo‘ydi — yo‘q! Va aksincha, Oq uy rahbari Tehron bilan muzokaralarga hozirlik ko‘rayotganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring