AQSh koronavirus rivojlanishining cho‘qqisiga chiqdi

AQSh koronavirus rivojlanishining cho‘qqisiga chiqdi — bu haqda prezident Donald Tramp matbuot anjumanida bayonot berdi.
Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarning ayrim hududlarida koronavirus tarqalishi pasayishni boshlagan.
Xuddi shu matbuot anjumanida qatnashgan vitse-prezident Mayk Pens ta’kidlaydiki, koronavirus bo‘yicha og‘ir vaziyat kuzatilayotgan hududlarda holat barqarorlashishi yaqqol ko‘zga tashlanyapti: xususan, Nyu-York va Denver shaharlari, Luiziana shtatida.
«Worldometers» xabariga ko‘ra, ayni soatlarga kelib AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 470 ming nafarga yaqinlashib qoldi, virus qurbonlari soni — 16697 kishi, sog‘ayib ketganlar — 26 ming nafarga yaqin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter