Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh mudofaa uchun rekord miqdorda mablag‘ ajratadi

AQSh mudofaa uchun rekord miqdorda mablag‘ ajratadi

AQSh Senati 2024-yilda mamlakatning mudofaa budjeti uchun 886 milliard dollar mablag‘ ajratishni qo‘llab-quvvatladi.

Uch ming sahifadan ortiq hajmdagi hujjat AQSh mudofaa ehtiyojlari uchun rekord miqdorda mablag‘ ajratishni talab qiladi, bu o‘tgan yilga nisbatan taxminan 3 foizga ko‘p.

Avvalroq Kongressda Senat va Vakillar palatasi tomonidan tayyorlangan, mazmuni jihatidan farq qiluvchi mudofaa budjeti loyihalari tafsilotlarini kelishish uchun komissiya tuzilgan edi. Endi har bir palata bitta, kelishilgan hujjatga ovoz beradi.

Mudofaa budjeti loyihasi Senat va Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangach, imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.

Milliy mudofaa to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongress tomonidan har yili qabul qilinadi. Hujjatda kelgusi yil uchun AQSh mudofaa siyosatining asosiy tamoyillari, shuningdek, budjet mablag‘lari taqsimlanishi bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring