Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh mudofaa vaziri: «Moskva katta harbiy salohiyatini yo‘qotdi...»

AQSh mudofaa vaziri: «Moskva katta harbiy salohiyatini yo‘qotdi...»

Foto: Getty Images

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va davlat kotibi Entoni Blinken prezident Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng AQSh va 15 ittifoqchi Ukrainaga yana 713 million dollar miqdorida harbiy yordam berishi ma’lum qilishdi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin mazkur yordam paketini shunday izohladi: «Biz Rossiyaning Ukrainaga yana bostirib kira olmaydigan darajada zaiflashishini istaymiz. Moskva allaqachon katta harbiy salohiyatni yo‘qotgan... Biz ular avvalgi potensialni tezda qayta tiklay olmasliklariga umid qilamiz».

Bu bayonot xalqaro ekspertlar uchun kutilmagan bo‘ldi. BBCning yozishicha, harbiy amaldor Rossiya harbiy-sanoat bazasini zaiflashtirishni maqsad qilgan G‘arb sanksiyalarini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.

Boshqa farazlarga ko‘ra esa, Ukraina tarafdorlari Rossiya bilan munosabatlarda yanada keskinlikka qarab bormoqda. Ayrim ekspertlar Lloyd Ostinning so‘zlarini uzoq muddatli urushga kirish deya baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring