AQSh mudofaa vaziri yana kasalxonaga yotqizildi
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Merilend shtatidagi Milliy harbiy tibbiyot markaziga qayta yotqizildi.
U o‘zining rasmiy vazifalarini o‘rinbosariga topshirdi, deb yozadi Politico.
«Mudofaa kotibi Lloyd Ostin milliy harbiy tibbiyot markaziga olib ketildi», dedi Pentagon matbuot kotibi Pet Rayder.
Joriy yilning boshida Ostin prostata saratoni tufayli dekabr oyida o‘tkazgan operatsiyasi asoratlari tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Pentagon rahbari Yamanga berilgan zarbalarni kasalxonadan boshqargani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter