Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Putinni tabriklamaydi

AQSh Putinni tabriklamaydi

AQSh ma’muriyati Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklashni rejalashtirmayapti.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, shunga qaramay Putin «Rossiya prezidenti bo‘lib qoladi».

«O‘ylaymanki, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tabrik qo‘ng‘iroqlari bo‘lmaydi, deb ishonch bilan aytish mumkin», deb ta’kidladi rasmiy.

G‘arb davlatlari, jumladan Germaniya va Fransiya saylovlarni erkin bo‘lmagan deya  topdi, shuningdek, ular anneksiya qilingan hududlardagi saylovlarni qoraladilar. 

Eslatib o‘tamiz, yakun natijalarga ko‘ra, Putin 87,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring