AQSh senatori Rossiyaga qarshi yadro qurolini ishlatmoqchi
AQSh senatori Rojer Uiker Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda Rossiyaga qarshi yadro qurolidan foydalanish haqida bayonot berdi. Bu haqda TASS xabar qildi.
Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi senatorni mas’uliyatsizlikda aybladi.
«Biz Uikerning 7 dekabr kuni Fox News telekanaliga intervyusida Ukraina ichki inqirozi bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, senator AQSh prezidentiga vaziyat keskinlashgan taqdirda harbiy harakatlar, jumladan, Rossiyaga qarshi yadro qurolidan foydalanishni istisno qilmaslikni tavsiya etdi. Bunday bayonotlar mas’uliyatsizlikdir. Rossiya va AQSh prezidentlarining 2021 yil 16 iyundagi qo‘shma bayonotini ko‘tarib, diqqat bilan o‘qib chiqishni maslahat beramiz. Ushbu hujjat ikki davlatning yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emasligi va uni hech qachon qo‘yib yubormaslik tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi», — deyiladi elchixona bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shini Ukraina chegarasida to‘planayotgani xaqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter