AQSh sobiq ittifoq mamlakatlari uchun ayrim «befoyda» grantlarni bekor qildi

AQSh davlat departamenti xorij davlatlari, xususan, sobiq ittifoq mamlakatlari uchun ajratib kelingan ayrim «befoyda» grantlar bekor qilingani haqida bayonot berdi.
Belarus, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Livan, Mavritaniya, Moldova, Tunis, O‘zbekiston va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi jami 139 ta «foydasiz» grant bekor qilingan. Ularning umumiy hajmi — 215 mln dollar.
Jumladan, quyidagi grantlar bekor qilingan:
– Armaniston ($2 mln) — «demokratik madaniyatni rivojlantirish»;
– Belarus ($2,4 mln) — «kreativ kontent orqali dezinformatsiyaga javob berish»;
– Moldova ($2 mln) — «yangiliklar yozishning barqarorligi va faolligini kengaytirish».
– O‘zbekiston ($2,5 mln) — «tanqidiy fuqarolik ishtirokini rag‘batlantirish»;
– Qirg‘iziston ($750 ming) — «fuqarolik jamiyatining barqarorligi va moslashuvchanligini oshirish».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter