OAV: AQSh «Tolibon» rahbarlaridan biri uchun 5 million dollar mukofot e’lon qilgan

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati rahbarlaridan biri Xalil Rahmon Haqqoniyni AQSh hukumati o‘n yillar avval terrorchi deb e’lon qilgani va u haqidagi ma’lumot uchun 5 million dollar taklif etgani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda NBC telekanali xabar bergan.
Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonni 12 kishidan iborat kengash boshqarishini ma’lum qilgandi. Oldindan kelishilgan nomzodlar orasida Xalil Rahmon Haqqoniy ham nomi ko‘rsatilgan.
Haqqoniyga 2011 yilda qidiruv e’lon qilingan. U «Al-Qoida» manfaatlariga xizmat qilishda ham ayblangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter