Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga «sirli qurol» taqdim etdi

AQSh Ukrainaga «sirli qurol» taqdim etdi

Seshanbaga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya tomonidan egallangan Lugansk va Berdyanskdagi ikkita aerodromga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalangan. Bu haqda The Wall Street Journal va Politico kabi g‘arb manbalari xabar berdi.

Vaziyatdan xabardor manbalarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSh tomonidan Ukrainaga oz sonli ATACMS raketalarini yashirin ravishda yuborilgan. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, ular Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumning muhim bosqichida rus qo‘shinlariga uzoq masofadan zarbalar berish qobiliyatini kengaytiradi.

Kiyev uzoq vaqtdan beri AQShdan rus qo‘shinlarining orqa tarafdagi nishonlariga zarba berish uchun uzoq masofaga uchuvchi qurollar so‘rab keladi.

Taqdim etilgan ATACMS raketasining uchish masofasi taxminan 160 km ni tashkil qiladi.

Seshanba kuni Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari vaqtincha bosib olingan Berdyansk va Luganskdagi aerodromlarda Rossiya harbiy texnikasiga hujum uyushtirilgani, natijada turli modifikatsiyadagi to‘qqizta rus vertolyoti, maxsus texnika, havo hujumiga qarshi mudofaa moslamasi, o‘q-dorilar ombori yo‘q qilinganini bayon qilgan. 

Keyinroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur qurollar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring