AQSh Xitoyga qarshi choralarni kuchaytirdi
AQSh Xitoyning yarimo‘tkazgich sanoati va sun’iy intellekt ishlanmalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
AQSh ma’muriyati yarimo‘tkazgich komponentlarini ishlab chiqarish uchun 24 turdagi uskunalarga yangi eksport nazoratini joriy qildi. Ular Xitoyga chip ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yuqori o‘tkazuvchanlik xotira chiplarini yetkazib berishga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, CMIC va Huawei kabi Xitoyning 140 kompaniyasi global ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berish uchun eksport litsenziyasini talab qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.
«Bular Xitoyning mudofaa sektorini modernizatsiya qilishda Pekin foydalanadigan eng ilg‘or chiplarni ishlab chiqarish qobiliyatini pasaytirish uchun Qo‘shma Shtatlar joriy qilgan eng qattiq nazoratdir», deb tushuntirdi AQSh Savdo vaziri Jina Raymondo.
Iyul oyida AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish uskunalarini Xitoy chip ishlab chiqaruvchilariga eksport qilishni kuchaytirish rejalari haqida ma’lum bo‘lgandi. E’lon qilingan chora-tadbirlar Xitoyning yarim o‘nga yaqin zavodlarining 30 dan ortiq mamlakatlardan, jumladan Isroil, Singapur va Malayziyadan uskunalar va texnologiya olish imkoniyatini cheklaydi.
Noyabr oyi boshida AQSh hukumati Tayvanning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi Taiwan Semiconductor Manufacturing Company kompaniyasidan Xitoyga sun’iy intellekt sohasida qo‘llaniladigan chiplarni yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter