AQSh Yaman poytaxtiga zarbalar bermoqda

AQSh qurolli kuchlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi poytaxti Sanoga zarbalar bermoqda. Bu haqda husiylarga qarashli Al Masirah telekanali xabar berdi.
Al Hadath va Sky News Arabia telekanallari xabar berishicha, shaharning turli nuqtalarida portlash ovozlari eshitilmoqda. Al Hadath manbalariga ko‘ra, husiylarning harbiy ob’yektlari, jumladan, Sano g‘arbida joylashgan «maxfiy qurollar ombori» nishonga olingan.
Amerikaliklar 16-mart oqshomida Yaman hududidagi nishonlarga keng miqyosda zarbalar berish orqali husiylarga qarshi yirik harbiy amaliyotni boshlagan edi.
Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon zarbalari oqibatida yuzlab odamlar jarohat olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter