AQShda benzin narxi tarixiy maksimumga ko‘tarildi

AQShda benzin narxi tarixiy maksimumni yangiladi: mamlakat bo‘ylab o‘rtacha narxlar oldingi rekordga nisbatan bir necha sentga oshdi. Bu haqda Amerika avtomobilchilar uyushmasi ma’lum qildi.
Benzinning bir galloni (3,785 litr) mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 4,404 dollarga baholanmoqda, ya’ni eski rekorddan 3 sent qimmatroq. Yonilg‘i doim eng qimmat bo‘lgan Kaliforniya shtatida bir gallon uchun o‘rtacha 5,85 dollardan so‘rashyapti.
Strategik zaxiralardagi neftlar chiqarilishi boshlanganidan so‘ng, benzin narxi aprel oyidan beri pasayish tomon ketayotgandi, biroq may oyiga o‘tib yana yuqorilashi kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter