Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda dahshatli tabiiy ofat: qurbonlar bor

AQShda dahshatli tabiiy ofat: qurbonlar bor

Foto: CNN

25-mart kuni AQShning Alabama shtatiga yopirilgan tornado oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kelxun okrugi sherifi Mettyu Ueydga asoslanib CNN xabar bermoqda.

«Ko‘pgina uylar zararlandi, ko‘plab odamlar shikastlandi, kamida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat xuddi shu trayektoriya bo‘ylab takrorlanishi mumkin bo‘lgan ikkinchi tornadodan xavotir olishyapti.

Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 25 mart kuni Alabamada 14 ta va Missisipida 1 ta tornado qayd etilgan. Birgina Pelxem shahrida tabiiy ofat 30 tadan 50 tagacha uy va inshootlarga zarar yetkazdi. Tornado oqibatida janubi-sharqda qariyb 55 ming kishi, shu jumladan, Alabamada 36 mingdan ortiq kishi elektrsiz qoldi. Hokimiyat zararni baholashda va jabrlanganlarni qidirishda davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring