AQShda dunyo tarixidagi eng jazirama oy qayd etildi
Tarixdagi eng issiq oy «Yerdagi do‘zax» deya ataladigan joy – AQShdagi O‘lim vodiysida qayd etildi. 2024-yil iyul oyida bu yerda o‘rtacha kunlik harorat Selsiy bo‘yicha 42,5 darajaga ko‘tarildi. Milliy bog‘lar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avvalgi rekord 2018 yilda o‘rnatilgan.
O‘tgan oyda O‘lim vodiysida o‘rtacha yuqori harorat 49,4 daraja bo‘lgan, to‘qqiz kun 51,7 daraja yoki undan yuqori, yetti kun esa 48,8 darajadan past bo‘lgan.
Eng yuqori harorat 7-iyulda qayd etilgan - 54 daraja Selsiy. Biroq, o‘tgan oyda o‘rtacha minimal harorat 35,1 darajani tashkil etdi, ya’ni hatto kechasi O‘lim vodiysida issiq bo‘lgan.
«Biz hozirgina Yer yuzidagi eng issiq joyda qayd etilgan eng issiq oyni boshdan kechirdik. Eng issiq 10 yilning oltitasi so‘nggi 10 yilda sodir bo‘ldi», — dedi park menejeri Mayk Reynolds.
Avvalroq Yerda qayd etilgan eng issiq kun 2024-yil 22-iyul bo‘lib, sayyora yuzasida global havo harorati plyus 17,15 darajaga yetgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter