Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda eng yirik yer egalarining nomlari ochiqlandi

AQShda eng yirik yer egalarining nomlari ochiqlandi

AQShdagi eng yirik yer egalari orasida CNN telekanali asoschisi va «Formula 1» egasi ham bor.

Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik yer egasi — Sierra Pacific Industries yog‘och ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egasi bo‘lgan Emmersonlar oilasi hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda «Formula 1» egasi Meloun, uchinchi o‘rinda CNN asoschisi Ted Tyorner joylashgan.

Land Report 100 reytingiga ko‘ra, Emmersonlar oilasi 2021 yildan beri birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Oila Sierra Pacific Industries orqali Kaliforniya, Oregon va Vashingtonda 2,411 million akr (taxminan 1 million gektar) yerga egalik qiladi.

Melounning 2,2 million akr (taxminan 900 ming gektar) yeri bor. U Liberty Media korporatsiyasiga egalik qiladi, uning aktivlari «Formula 1»ni o‘z ichiga oladi.

Ted Tyorner 2 million akr (taxminan 810 ming gektar) yerga egalik qiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Tyornerning o‘nlab mulklari hududi bo‘yicha Elloustoun milliy bog‘iga teng joyni egallaydi». Bu hududlarda hayvonlarning turli nasllarini saqlab qolish ishlari olib borilmoqda.

Forbes milliarderlar reytingida Emmersonlar oilasi 541-o‘rinda (5,3 milliard dollar), Meloun 201-o‘rinda (10 milliard dollar), Tyorner 1238-o‘rinda (2,5 milliard dollar).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring