AQShda erkak Kongress yaqinida minalangan avtomobil bilan tahdid qildi
![AQShda erkak Kongress yaqinida minalangan avtomobil bilan tahdid qildi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2903773304.jpg)
AQSh poytaxti Vashington shahrida, Kongress kutubxonasi joylashgan hududda noma’lum erkak mashinada bomba borligi bilan tahdid qildi.
Natijada politsiya hududdagi aholini ko‘chirmoqda.
Erkak yevropalik tashqi ko‘rinishga ega, yoshi taxminan 45-50 yoshda, ismi Rey Rosberri ekani taxmin qilingan. U avval ham shaharning boshqa qismlarida bomba o‘rnatgani bilan qo‘rqitgan va buni ijtimoiy tarmoq orqali namoyish etgan.
O‘z jonli efirlarida u amaldagi prezident Jo Baydenni qattiq tanqid ostiga olgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/40/720__WFr_zVE9zD4ftG4iN5O4-sLcvM3I4CpY.jpg)
Hozirda huquqbuzarning akkaunti bloklandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, erkak polsiyaga taslim bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter