AQShga «Florens» to‘foni yopirildi
AQShga bir necha kundan beri xavf solayotgan «Florence» to‘foni Shimoliy Korolina shtatiga yetib keldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
Uilmington shahrida bir uyning ustiga daraxtning qulashi oqibatida ona-bola halok bo‘lgan. Ota esa og‘ir tan jarohati olgan. Hampstid shahrida yurak xuruji tufayli bir ayol vafot etdi. Lenoir shahrida bir kishi tok urishi oqibatida jon berdi.
Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida 500 ming kishi elektr energiyasiz qoldi. 26 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Noqulay ob-havo tufayli minglab parvozlar bekor qilindi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter